Ushbu bo'limda siz Abdulla Qahhorni ko'rgan hamda u kishi
bilan muloqat qilgan insonlarning xotiralarini o'qiysiz....
She'rlar
Abdulla Oripov
Abdulla Qahhor
Yo’llar ortimizda qolar edilar, Sahrolar qolardi
cheksiz, betakror. Nega ular cheksiz, desam
dedilar: Bu yerdan o’tgandi Abdulla Qahhor.
Yo’llar ortimizda qolar edilar, Cho’qqilar
qolardi yuksak va qator. Nega ular yuksak, desam
dedilar: Bu yerdan ham o’tdi Abdulla Qahhor.
1967 yil

Sirojiddin Sayyid
Haq so’z Ulug’ Vatan adabiyoti Ulug’ Vatan
kabi – ulug’ qurbonlar Evaziga ro’yobga kelgan.
Eh, bunda ham to’kilgan qonlar, Laxta-laxta
dillarning qoni. Do’stim, bu kitobni o’qi, Bu
– Abdulla Qahhorning joni.
“Yoshlar bilan suhbat” emas, ko’r, Nihol
iste’dodning tilagidir bu. Do’stim, bu kitobni
ko’zlaringga surt, Abdulla Qahhorning yuragidir
bu.
Shartmas, yozuvchini badarg’a qilmoq, Uni
zindonlarda chiritmoq shartmas. Uning atrofiga
naslu nasabi Noma’lum nokaslar urchitilsa – bas.
Fisqu-fujurlarga farovon tuzum, Kattasidan
tortib kichigigacha – Dushman deb sanagan
Qahhorning yozgan Asaridan tortib kuchugigacha.
Zamon shundoq edi – Mustabid zamon
Adibning haq so’zin kemirolmadi. Tog’day vujudini
yemirdi-yu, lek Uning iymonini yemirolmadi.
Haq so’zni har kim ham aytavermagan, Haq so’z
alal-oxir muhtaram aylar. U so’zlar hozir ham
uyqu bermagay Adabiyotdagi mutahhamlarga.
”Chorak asr hamnafas” emas, Chorak asr
dildosh, og’riqdosh. Bo’lib yashagansiz, Kibriyo
opa. Yosh shoirlar o’qir – ko’zlarida yosh.
Millatni ko’targay ba’zan bir asar, Ozod
mamlakatning osmonidir bu. Adabiyot nima desalar
agar – Abdulla Qahhorning vijdonidir bu.
1987, 2007

Yuqoriga qaytish
|
     
|