Hikoyalar
Anor
Uylar to‘la non, och-nahorim bolam,
Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam.
O’tmishdan
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi
zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori
tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni
kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala
tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga
bekitib...... (davomi)

Bemor
(O’tmishdan)
Osmon yiroq, yer qattiq.
Maqol.
Sotiboldining xotini og’rib qoldi. Sotiboldi
kasalni o’qitdi- bo’lmadi, tabibga ko’rsatdi. Tabib qon oldi.
Betobning ko’zi tinib, boshi aylanadigan bo’lib qoldi. Baxshi
o’qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi,
tovuq so’yib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo’ladi.
Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi......(davomi)
Dahshat
Xotin-qizlarning burun zamonda ko’rgan kunini bilmaysizlar,
qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!..
To’raxon oyi
Yaqin ikki haftadan beri ko’z ochirmayotgan
kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g’uvillaydi;
tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf
tortadi..... (davomi)
Kampir tong qorong’usida xamir qilgani turib
ho’kizidan xabar oldi. O!... Ho’kiz yo’q, og’il ko’cha tomondan
teshilgan… Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho’kizi yo’qolmasin. Bir qop
somon, o’n-o’n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho’kiz topish
uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak
bo’ladi.....
(davomi)

Tomoshabog’
(O’tmishdan)
Ey bus-butun ayoloti vayron o’lon vatan,
Har go’shasi zamonada zindon o’lon vatan.
Qadaqchi Hamroqulning tobi qochdi. Kim biladi, kecha kechqurungi
xudoyi oshi yoqmadimi, yo ertalab choynak qadaqlatib ketgan
kishining nosida bir gap bor ekanmi… ammo kecha ertalab ham lanjligi
bor edi shekilli; bo’lmasa hech jahonda choydan ham makkajo’xori
hidi keladimi!
(davomi)

To’yda aza
Zo’ri behuda miyon meshikanad.
Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi
issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko’rgan
kishi har faslning o’z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari
to’g’risidagina emas, umr fasllar to’g’risida ham aytsa bo’lar ekan
deb qolardi. Uning bitta-ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq
cho’qqi soqoli… Yopirimay, soqol ham odamga shuncha
yarashadimi-ya!...
(davomi)

Ming bir jon
Martning oxirgi kunlari. Ko’k yuzida suzib
yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob
har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar
hanuz g’aflatda yotgan o’t-o’lanni, qurt-qumursqani uyg’otgan,
avvalgidan ham yorug’roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la
sochayotgandek tuyuladi....(davomi)

San’atkor
Konsert odatdagicha “navbatdagi nomerimizda…
Kelganlaringga rahmat, o’rtoqlar” bilan tamom bo’ldi. Nomi chiqqan
ashulachi - san’atkordan boshqa hamma xursand bo’lib tarqaldi.
San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir
traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga
san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqda-yu, masalan
“chorzarb ” qayoqda, traktorist qayoqda-yu, ashulachi qayoqda!..
(davomi)

Mahalla
Inson bilan tirikdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi.
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi.
Erkin Vohidov
Rohat buvi kattakon qora pechkaning eshigini
ochib oyog’ini tovlayotgan edi,,, deraza ostida ko’zoynak taqib
nevarasining yirtilgan kitobini yelimlayotgan choli urishib berdi:
- Seni pechkaga o’rgatib bo’lmadi-bo’lmadi… Nima, polni o’yib,
sandal qilib beraymi? Pechka deganning eshigini ochdingmi, ko’mir
osmonni isitadi deyaver!... (davomi)
Orqaga
Yuqoriga